Ross Uilson: "Niko biz kutgan futbolchi edi"
Ross Uilson "Nyukasl"ning yangi futbolchisi Niko haqida fikr bildirdi.
Ross Uilson: 🗣
Biz ushbu transfer ustida bir necha hafta davomida sabr bilan ishladik. Bu aynan biz tarkibga qo'shib olishni istagan futbolchi edi, shu bois Nikoni bugun kechqurun "Nyukasl"da qutlayotganimizdan juda mamnunmiz. Bu ambitsiyali maqsad edi, ammo muzokaralarimizdan so'ng, u klubga o'tishni o'zi ham juda istadi.
U biz ushbu pozitsiya uchun dastlab belgilab olgan talablarga to'liq javob beradi va biz murosaga borishga tayyor emasdik. Nikoning yoshi 24 da va u "Manchester Siti", "Portu" hamda "Barselona" safida eng yuqori saviyada o'ynash bo'yicha katta tajribaga ega. U Premer-ligada o'z sifatlarini ko'rsatib ulgurgan va biz qora-oq libosda u yanada ko'proq narsaga qodir ekanligiga ishonamiz.
Biz u jamoamizni mukammal to'ldiradigan sifatlar to'plamiga ega deb hisoblaymiz. Uning Yevropaning eng kuchli turnirlaridagi tajribasi ham "Nyukasl"ga katta foyda keltiradi.