#Alieu Njie — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Alieu Njie transferi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda

Alieu Njie transferi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda

Torino vingeri Alieu Njiega Yevropaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbolchining agenti ma'lum qildi.

"Torino" vingeri Alieu Njiening agenti Sandro Martone o'z mijozi atrofidagi vaziyat haqida gapirdi:

"RB Zalsburg" va "Kristal Pelas" klublari Njieni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha "Torino" bilan bevosita bog'langanini tasdiqlay olaman.

Hozirda muzokaralar davom etmoqda.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, futbolchining kelajagi borasida ishlar boshlab yuborilgan.

O'ng ustun yangiliklari

Alieu Njie uchun "Kristal Pelas" va "Zalsburg" kurash olib bormoqda

Alieu Njie uchun "Kristal Pelas" va "Zalsburg" kurash olib bormoqda

Alfredo Pedulla ma'lumotiga ko'ra, "Kristal Pelas" Alieu Njie uchun 20 million yevro taklif qildi, shuningdek, futbolchiga "Zalsburg" ham qiziqish bildirmoqda.

"Kristal Pelas" Alieu Njie transferi uchun taxminan 20 million yevro taklif qildi. Bu summa 12-13 million yevro miqdoridagi qat'iy to'lov va oson qo'lga kiritiladigan bonuslarni o'z ichiga oladi. 🧐

"Zalsburg" ham shved futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda.

Alfredo Pedulla xabariga ko'ra.