Adam Dagim: «Hoffenheim»dagi loyiha men uchun to'g'ri qadam»
TSG 1899 Hoffenheim ↗ ●●●●● Matbuot 👁 8

Adam Dagim: «Hoffenheim»dagi loyiha men uchun to'g'ri qadam»

Adam Dagim «Hoffenheim»ga o'tish sabablari haqida gapirdi.

«O'ylaymanki, bu men uchun to'g'ri loyiha va faoliyatimdagi navbatdagi qadam bo'ldi. Ayniqsa, Bundesligadagi o'tgan mavsumdan keyin. Menga bu chempionat juda yoqadi, klubning esa kelajagim borasida ajoyib rejasi bor. Hozir menga aynan shu narsa juda yoqyapti. Albatta, quyi ligaga tushib ketgan klub tarkibida bo'lish yoqimsiz edi. Lekin men oldinga qarab, faoliyatimning navbatdagi bosqichi haqida o'ylashga harakat qilyapman. Endi men «Hoffenheim» futbolchisiman va barcha fikrim shu yerda».

Dagim o'z xarakteri haqida ham to'xtalib o'tdi:

«O'ylaymanki, men xotirjam yigitman, lekin ayni paytda juda g'ayratliman va futboldan zavq olishni yaxshi ko'raman. Men uchun eng muhimi — maydonga doim yuzimda tabassum bilan tushish».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!