«Milan» xo'jayini Jyerri Kardinale ertaga jamoa mashg'ulot bazasiga tashrif buyuradi va mavsum oldidan futbolchilar bilan birga bo'ladi.
Yakshanba kuni esa u Turin shahriga yo'l oladi va «rossonerilar»ning yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yini — «Torino»ga qarshi bahsni bevosita stadiondan kuzatadi. 🏟️
Ammo bu tashrif transfer masalalari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Rahbariyat Tomori, Nkunku va Fofana uchun variantlarni izlashda davom etmoqda, shuningdek, Rafael Leau kelajagini hal qilishga urinmoqda.
⏳ Transfer oynasining so'nggi kunlari juda qizg'in o'tishi kutilmoqda!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!