Tomori, Fofana va Ximenes «Milan» loyihasidan chetlatilishi mumkin
MilanAC ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 35

Tomori, Fofana va Ximenes «Milan» loyihasidan chetlatilishi mumkin

Jyerri Kardinale aniq pozitsiyani bildirdi: agar 2-sentabr kuni transfer oynasi yopilgunga qadar bu uch futbolchi yangi klub topmasa, ular «Milan»da qoladi, ammo Ruben Amorim loyihasidan butunlay chetlatiladi. ❌

Tomori — «Aston Villa» tomonidan qiziqish bo'lgandi, biroq klub bu fikrdan qaytdi. Futbolchining shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan.

Fofana — unga «Nottingem Forest», «Kristal Pelas» va «Brayton» qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha aniq taklif yo'q. «Milan» futbolchi uchun 15–20 million yevro talab qilmoqda.

Ximenes — ketishga eng yaqin turgan o'yinchi. Meksikalik futbolchi «Portu»ga o'tishni kutmoqda, ammo klublar shartlar bo'yicha hali kelishib olgani yo'q.

Vaqt kam qolmoqda. «Milan» uch nafar futbolchi bo'yicha zudlik bilan yechim topishi kerak.

Sizningcha, bu uchlikdan kimni jamoada olib qolish kerak edi? 👀

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!