Massimiliano Allegri va Franchesko Fabregas o'rtasida nimalar yuz bergan edi?
«Milan» safarda «Komo» ustidan g'alaba qozongan birinchi o'yinda ular o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi. Ammo keskinlik «San-Siro»dagi javob o'yinida o'z cho'qqisiga chiqdi. 1:1 hisobida Fabregas ataylab futbolkasidan tortib, yelkasidan ushlab, Aleksis Salemakersning o'yinga qaytishiga xalaqit berdi. Ushbu holatni ko'rgan «Milan»ning o'sha vaqtdagi murabbiyi Allegri darhol mehmonlar texnik zonasiga yugurib borib, raqib murabbiylar shtabiga tashlandi. Shu sababli u maydondan chetlatildi, ispaniyalik mutaxassis esa o'z jamoasini zaxira o'rindig'idan boshqarishda davom etdi.
Keyinchalik murabbiylar stadionning yo'lak qismida to'qnashib qolishdi va Allegri Fabregasning yuziga o'zi haqida nimalar deb o'ylayotganini ochiq-oydin aytib tashladi.
Franchesko keyinchalik matbuot anjumanida uzr so'rab, faxrlanib bo'lmaydigan ish qilganini tan oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!