Milan o'z maydonida Venetsiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollarga 69-daqiqada Gonsalu Ramush va 89-daqiqada Alyal (avtogol) mualliflik qilishdi. 💪
MilanNews.it nashri baho berishicha, ikkinchi bo'limning eng yaxshi futbolchisi Aleksis Salemakers bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushgan belgiyalik futbolchi o'yin borishini butunlay o'zgartirib yubordi: avvaliga Gonsalu Ramushga ajoyib assistentlik qildi, so'ngra ikkinchi gol epizodida ham asosiy figura bo'ldi. ⭐️
Gonsalu Ramush — 6,5. Portugaliyalik futbolchi bir nechta qulay imkoniyatni qo'ldan chiqardi, ammo baribir o'z imkoniyatini kutib, chap oyog'i bilan yo'llagan chiroyli zarbasi orqali Milan safidagi ilk rasmiy golini urdi! 🔥
Eng yaxshi baholar: Salemakers — 7, Xila — 6,5, Ramush — 6,5, Chukvueze — 6,5, Rabo — 6,5, Amorim — 6,5. 😬 De Vinter esa 5 ball oldi, u bir necha bor Yeboa bilan kurashda yutqazib qo'ydi. Shuningdek, Loftus-CHik va jamoaning himoyadagi harakatlari bo'yicha savollar qoldi. Amorim himoya ustida hali jiddiy ishlashi kerak.
G'alabaga qaramay, Milan raqibga bir nechta xavfli vaziyat yaratishga imkon berdi. Ammo eng muhimi — ikki turdan keyin 6 ochko! 💪
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!