😡 Rabio o'zini tiya olmadi! Frantsiyalik futbolchi sobiq hakamga nisbatan keskin chiqish qildi.
«Jenoa» ustidan qozonilgan g'alaba Adrien Rabioni Markandalli bilan bog'liq bahsli vaziyatni unutishga majbur qilmadi.
50-daqiqada mezbonlar himoyachisi frantsiyalik futbolchini darvozadan qariyb 60 metr uzoqlikda yiqitdi. Rabio to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka talab qildi, ammo Davide Massa faqat sariq kartochka ko'rsatdi.
Sobiq hakam Janpaolo Kalvareze hakamning qarorini maqbul deb atadi. Qolaversa, u to'g'ridan-to'g'ri chetlatish yuz bergan taqdirda ham VAR aralashmagan bo'lishini ta'kidladi.
Rabio ushbu izohni o'qib, shaxsan javob qaytardi:
💬 «Futbolda xato qilish mumkin, lekin hech bo'lmaganda xatolarni tan olishni bilish kerak. Doimiy yolg'on oldinga siljishingizga yo'l qo'ymaydi. Buning oqibatlarini esa Italiya futboli tortmoqda… O'ylab ko'ring!»
🔥 Frantsiyalik futbolchi jim turish niyatida emas!
Sizningcha, Rabio haqmi yoki u hakamning qaroriga ko'nishi kerakmidi? 👇
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!