#Kristian Komotto — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Kristian Komotto: ""Milan"da ko'proq o'yin vaqti olishni istayman"

Kristian Komotto: ""Milan"da ko'proq o'yin vaqti olishni istayman"

Italiya U20 yarim himoyachisi Kristian Komotto "Milan"dagi raqobat va o'yin amaliyoti haqida fikr bildirdi.

18 yoshli Kristian Komotto Italiya U20 terma jamoasining Portugaliya ustidan qozongan g'alabasidan (1:0) so'ng "Milan"dagi holati haqida gapirib o'tdi.

"Menga 18 yosh, men "Milan"da o'ynayapman. Oldimda Modrich va Rabyo kabi futbolchilar bor, shuning uchun vaziyatga xotirjam qarayman".

Ammo yosh yarim himoyachi kamiga rozi bo'lmoqchi emas:

"Men allaqachon Yevropa ligasi va A Seriyada debyut qildim. Albatta, ko'proq narsani xohlayman, chunki men juda ambitsiyali insonman. Umid qilamanki, ko'proq o'yin vaqti olaman. Hozir men 100% "Milan"ga diqqatimni qaratganman".

Komotto Portugaliyaga qarshi bahsda 58 daqiqa harakat qildi va asosiy jamoada o'z imkoniyatini kutishda davom etmoqda.

"Milan" yosh Komottoga ko'proq ishonch bildirishi kerakmi?

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.