18 yoshli Kristian Komotto Italiya U20 terma jamoasining Portugaliya ustidan qozongan g'alabasidan (1:0) so'ng "Milan"dagi holati haqida gapirib o'tdi.
"Menga 18 yosh, men "Milan"da o'ynayapman. Oldimda Modrich va Rabyo kabi futbolchilar bor, shuning uchun vaziyatga xotirjam qarayman".
Ammo yosh yarim himoyachi kamiga rozi bo'lmoqchi emas:
"Men allaqachon Yevropa ligasi va A Seriyada debyut qildim. Albatta, ko'proq narsani xohlayman, chunki men juda ambitsiyali insonman. Umid qilamanki, ko'proq o'yin vaqti olaman. Hozir men 100% "Milan"ga diqqatimni qaratganman".
Komotto Portugaliyaga qarshi bahsda 58 daqiqa harakat qildi va asosiy jamoada o'z imkoniyatini kutishda davom etmoqda.
"Milan" yosh Komottoga ko'proq ishonch bildirishi kerakmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!