Kaka «Milan»ning asosiy o'yinchilari haqida fikr bildirdi! 🔴⚫
«Rossoneri» afsonasi La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida joriy jamoa haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kaka o'tgan yilgi muvaffaqiyatsizlik bir qancha omillar, jumladan, ishonchning yo'qolishi bilan bog'liq deb hisoblaydi. Endi asosiy vazifa — Chempionlar ligasiga qaytish.
Braziliyalik futbolchi joriy «Milan» haqida shunday dedi:
Modrich — jamoa miyasi.
Rabyo — haqiqiy usta.
Pulishich o'zining o'yin intellekti bilan hayratga solmoqda.
Gonsalu Ramush — tug'ma to'purar.
Shu bilan birga, Kaka jamoa hali shakllanish bosqichida ekanligini va yangi o'yinchilarga o'zaro tushunish uchun vaqt kerakligini ta'kidladi.
Uning so'zlariga ko'ra, «Inter» — mustahkam va juda xavfli raqib.
🔥 Kakaning tanlovi bilan rozi misiz? Derbi qahramoni kim bo'ladi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!