Vangelis Pavlidis «Benfika» bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidis bilan shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Record Portugal xabariga ko'ra, «Benfika» Vangelis Pavlidis bilan shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirish bo'yicha muzokaralarda muvaffaqiyatli olg'a siljimoqda.
Joriy shartnoma 2029-yilning yozida yakuniga yetadi va klub rahbariyati hujumchining ajoyib o'yinlarini munosib baholab hamda shartnoma himoyasini kuchaytirgan holda, bitimni yana ikki yilga uzaytirish niyatida.