Vangelis Pavlidis Fenerbahchega o'tishni istamoqda
Vangelis Pavlidis Fenerbahche bilan kelishuvga erishdi, ammo Benfika uni 50 million yevrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
🤩 Yagiz Sabuncuoglu xabariga ko'ra:
Vangelis Pavlidis Fenerbahche bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi va turk klubiga o'tishni istamoqda. O'yinchi agenti Arturo Kanales bugun Benfika rahbariyati bilan uchrashdi.
Portugaliya klubi o'yinchini qo'yib yuborishni istamayapti va 50 million yevrodan ortiq taklif kutmoqda. Shuningdek, klub yunonistonlik hujumchi ketishi mumkin bo'lgan taqdirda, Sent-Etyen hujumchisi Nikola Stassin bilan muzokaralar olib bordi.