Fransiya va Italiya terma jamoalari «Stad de Frans»da yorqin o'yin namoyish etishdi ⚡️
Maykl Olise chiroyli zarba bilan hisobni ochdi, ammo Alessandro Bastoni tezda muvozanatni tikladi. Shundan so'ng uchrashuvning asosiy qahramoniga Janluiji Donnarumma aylandi — Italiya darvozaboni bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi va durang natijani saqlab qoldi 🧤🔥
«Milan» o'yinchilari qanday harakat qilishdi?
Mayk Menyan — 90 daqiqa. Jiddiy ish deyarli bo'lmadi, Bastonining goliga ta'sir o'tkaza olmasdi. To'pni o'yinga kiritishda ishonchli harakat qildi.
Adrien Rabyo — 90 daqiqa. Maydon markazida juda faol o'yin. 59/66 aniq pas, 10 ta yakkakurashdan 8 tasida g'alaba va 3 ta to'p olib qo'yish. Ikkinchi bo'limda gol urishiga oz qoldi ⚽️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!