Mark van Bommel o'g'li Ruben va Bauman o'rtasidagi vaziyat haqida fikr bildirdi
Mark van Bommel o'g'li Ruben va Bauman o'rtasidagi to'qnashuvga munosabat bildirdi. U o'g'lining "Ayaks"ga qarshi o'yindagi harakati uchun qizil kartochkaga loyiqligini tan oldi.
Mark van Bommel o'g'li Ruben va Bauman o'rtasidagi to'qnashuv haqida gapirdi:
"Agar vaziyatning o'ziga qaraydigan bo'lsak, o'ylayman-ki, uni maydonda qanday bo'lgan bo'lsa, shunday baholash kerak. "Ayaks"ga qarshi o'yindagi o'sha fol uchun u qizil kartochkaga loyiq edi, ammo bunga boshqa narsalarni aralashtirish kerak emas".