Bryusselda bo'lib o'tgan bahsda «Milan»ning ikki futbolchisi o'z terma jamoalari safida asosiy tarkibda maydonga tushdi:
🧤 Mayk Menyan — navbatdagi «quruq» o'yin va yuqori baho. RMC Sport fransuz darvozaboniga 7/10 ball qo'ydi, Sofascore esa darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani va ikkita seyv amalga oshirgani uchun 7,2 ball bilan baholadi.
⭐ Diyegu Moreyra — yana Belgiya terma jamoasining eng ko'zga ko'ringan futbolchilaridan biri. MilanNews uni sariq kartochka olganiga qaramay, jamoaning «yulduzi» deb atadi. Sofascore esa unga 6,5 ball berdi.
Qiziqarli jihati shundaki, Moreyra yana chap qanotda harakat qildi. Shekilli, Mark van Bommel unda avvalroq Ruben Amorim ta'kidlagan sifatlarni ko'rmoqda.
Koni De Vinter va Adrien Rabo esa butun o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazishdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!