#Ruben van Bommel — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Ruben van Bommel «Roma» nishonida

Ruben van Bommel «Roma» nishonida

«Roma» yanvar oyida PSV futbolchisi Ruben van Bommelni tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Niderlandiyalik futbolchi uchun 25 million yevro talab qilinmoqda.

«Roma» Van Bommelni yanvar oyidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda; PSV futbolchi uchun 25 million yevro talab qilmoqda.

RomaToday va Gazzetta.it xabariga ko'ra, «Roma» bosh murabbiy Jan Pero Gasperini so'ragan chap qanot hujumchisini qo'lga kiritish ustida ishlashda davom etmoqda. Yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan sport direktori Toni D'Amiko ro'yxatiga PSV'ning 22 yoshli futbolchisi Ruben van Bommel kiritilgan.

Tizza jarohati sababli uzoq muddatli tanaffusdan qaytgan niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, PSV uni taxminan 25 million yevroga baholamoqda.