Regis Le Bris: «Sunderland» qiyin o'yinlarga tayyor
«Sunderland» bosh murabbiyi Regis Le Bris jamoaning tig'iz taqvimdagi o'yinlari va oldindagi maqsadlari haqida gapirdi.
🗓️ Regis tig'iz taqvim haqida:
«Biz bunga loyiqmiz. «Arsenal»dan «AZ Alkmaar»ga, endi esa «Manchester Siti»ga qarshi o'yinlarga o'tish — oson vazifa emas.
Biz aynan shunday futbol o'ynashni istaymiz, shuning uchun yana bir bor bu sinovni qabul qilishimiz kerak. Biz o'yindan o'yinga yaxshilanib boryapmiz va endi yana bir bor o'zimizni eng yaxshi tomondan ko'rsatib, g'alaba qozonish vaqti keldi»