AZ Alkmaar futbolchilari jarohat sabab safdan chiqdi
AZ Alkmaar futbolchilari Kess Smit, Lewis Schouten, Wesley Patati va Jizz Hornkamp jarohat sababli yil yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi.
Kess Smit joriy kalendar yilida boshqa maydonga tusha olmaydi. Bu AZ uchun jiddiy yo'qotish.
Bu haqda Leeroy Echteld AZ klubi kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Smitdan tashqari, yil yakuniga qadar Alkmaar jamoasiga Lewis Schouten va Wesley Patati yordam bera olmaydi. Shuningdek, mashg'ulotlarga qaytgan Jizz Hornkampda jarohat qaytalangan.