Massimiliano Allegri ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Napoli» murabbiyi «Montsa» va «Yuventus»ga qarshi safar uchrashuvlarida jamoani boshqara olmaydi.
Sababi - o'tgan turdagi o'yinda «hakamga nisbatan haqoratli so'zlar» va «raqib jamoa vakillariga nisbatan tajovuzkorlik» tufayli maydondan chetlatilgani. O'shanda zaxira hakami Sakki bosh hakam Kolomboni chaqirib, Allegri ustidan shikoyat qilgan. O'yin yakunida murabbiy Kolombodan qizil kartochkaga arziydigan nima deganini so'ragan. Javob esa quyidagicha bo'lgan: «Nima yozganimni ko'rasiz...»
Allegri, shuningdek, 10 000 yevro miqdorida jarimaga tortildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!