«Sunderland» bosh murabbiyi Regis Le Bris jamoaning tig'iz taqvimdagi o'yinlari va oldindagi maqsadlari haqida gapirdi.
🗓️ Regis tig'iz taqvim haqida:
«Biz bunga loyiqmiz. «Arsenal»dan «AZ Alkmaar»ga, endi esa «Manchester Siti»ga qarshi o'yinlarga o'tish — oson vazifa emas.
Biz aynan shunday futbol o'ynashni istaymiz, shuning uchun yana bir bor bu sinovni qabul qilishimiz kerak. Biz o'yindan o'yinga yaxshilanib boryapmiz va endi yana bir bor o'zimizni eng yaxshi tomondan ko'rsatib, g'alaba qozonish vaqti keldi»
L'Equipe xabariga ko'ra, Malik Fofana "Kristal Pelas"ga emas, "Sanderlend"ga o'tadi. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi.
L'Equipe xabariga ko'ra, bir necha soatlik noaniqlikdan so'ng Malik Fofana "Kristal Pelas"ga emas, balki "Sanderlend"ga o'tishi kerak.
"Sanderlend" "Lion" uchun o'z shartlarini yaxshiladi, ammo eng muhimi, o'yinchi atrofidagilar uchun taklifni oshirdi. Aynan shu narsa, London klubi ham "Lion" bilan kelishuvga erishganiga qaramay, vaziyatni o'zgartirishga imkon berdi.
Endilikda "burgutlar" lagerida pessimizm hukm surmoqda.
Fofana Lionda tibbiy ko'rikdan o'tdi va shu tariqa Rejis Le Bri boshqaruvidagi jamoaga qo'shilishi kerak. Transfer summasi 35 million yevrodan ortiqni tashkil qiladi, biroq bu "Lion" o'yinchi "Kristal Pelas"ga o'tganida oladigan summadan kamroq.
Scott Wilson ma'lumotiga ko'ra, Sanderlend Simon Adingra masalasida hali yakuniy qarorga kelmagan, Dayanne Metali bo'yicha esa muzokaralar davom etmoqda.
Scott Wilson xabariga ko'ra, klubda hali Simon Adingraning kelajagi borasida biror qarorga kelinmagan. «Vest Xem» tomonidan futbolchiga qiziqish mavjud.
Regis Le Bris «Tuluza» bilan Dayanne Metali transferi bo'yicha muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi, biroq tomonlar narx borasida hamon kelisha olmayapti.
Regis Le Bris "Brentford"ga qarshi o'yin, Den Ballardning bekor qilingan goli va Kevin Dansoning debyuti haqida fikr bildirdi.
🗣 Regis o'yindan so'ng:
Men birinchi bo'limdagi o'yinimizdan chin dildan xursandman va qoniqish hosil qildim. Bu, ehtimol, hozirgi vaqtda Premer-ligadagi eng yaxshi birinchi bo'limlarimizdan biri, chunki "Brentford" o'z uyida juda kuchli jamoa. Ammo sovuqqon bo'lish kerak.
Biz to'p bilan ustunlik qildik va yaxshi nazoratga ega edik. Gol o'tkazib yuborganimiz biroz achinarli bo'ldi. Ammo yigitlar o'z maqsadlarida qat'iy qolishdi. Zaxiradan maydonga tushganlar uchun bu yaxshi bo'ldi, chunki ular maydonga tushgach, yaxshi o'yin ko'rsatishdi va bizga qo'shimcha kuch bag'ishlashdi.
Den Ballardning hisoblanmagan goli haqida:
Bu har doim og'ir. Biz qarorni hurmat qilamiz.
Uilson Izidorning zaxiradan maydonga tushib qo'shgan hissasi haqida:
Tarkib chuqurligi yaxshilanmoqda, biz buni his qilyapmiz. Bu kelajak uchun ijobiy holat.
Kevin Dansoning debyuti haqida:
U o'z o'yini bilan ishonch va jismoniy kuch olib kiradi. Bu ligada, agar sizda bunday sifat bo'lmasa, uzun paslarga qarshi kurashish qiyin.
Sky Sports xabariga ko'ra, "Sanderlend" Igor Payshao uchun kurashga qo'shildi. "Marsel" vingerning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Sky Sports xabariga ko'ra, "Sanderlend" Igor Payshao uchun kurashga qo'shildi.
Rejis Le Bri braziliyalik vinger bilan shartnoma imzolashni juda istamoqda va "qora mushuklar" rahbariyati haftaning boshida futbolchi uchun taklif yuborgan.
"Marsel"ga esa mablag' kerak. Klublar o'rtasida vingerning transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
«Sanderlend» bosh murabbiyi Rejis Le Bris jamoaning yangi mavsumdagi imkoniyatlari va oldingi yillardagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
💭 Rejisning mavsum boshidagi fikrlari:
«Bu «Sanderlend» uchun so'nggi 50 yildagi eng hayajonli mavsum bo'lishi mumkin. Katta chaqiriq, ammo biz bunga tayyormiz»
«Ekspertlar ikki yil avval bizni Chempionshipda o'rtamiyona bo'lishimizni aytishgandi, biz esa Premer-ligaga chiqdik. Ular Rojdestvoga qadar ligadan chiqib ketamiz deyishgandi, biz yettinchi o'rinni egalladik. Biz hammasini «Sanderlendcha» uslubda davom ettiramiz»