Roma Manu Kone ketishi mumkinligini inobatga olib, o'rniga yangi yarim himoyachilarni qidirmoqda. Lorentso Kanichchio xabariga ko'ra, nomzodlar orasida Atangana bor.
"Roma" klubi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida bo'lgan Manu Kone uchun o'rinbosar izlashni boshladi.
Jurnalist Lorentso Kanichchio xabariga ko'ra, "jallorossilar" ayni damda "Al-Ahli" safida to'p surayotgan va Yevropa futboliga qaytishni istayotgan yarim himoyachi Valentin Atanganani kuzatishmoqda. Shuningdek, klub "Sanderlend" futbolchisi Xabib Diarra nomzodini ham o'rganmoqda.
«Strasbur» yarimhimoyachisi Habib Diarra jarohati sababli 6-8 haftani o'tkazib yuboradi.
Le Bri Habib Diarra son qismidagi jarohat sababli keyingi 6-8 hafta davomida maydonga tusha olmasligini tasdiqladi. Futbolchi ushbu jarohatni o'tgan haftada «Fulxem»ga qarshi kechgan g'alabali bahsda olgan edi. 🚑
Manu Kone «Roma»dan ketsa, klub uning o'rniga Habib Diarra yoki Nikolas Raskinni olib kelishi mumkin. Tafsilotlar Gazzetta dello Sport va Leggo xabarida.
Habib Diarra va Nikolas Raskin «Roma»ning diqqat markazida qolmoqda. Agar Manu Kone jamoani tark etsa, rimliklar aynan shu futbolchilardan birini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Gazzetta dello Sport va Leggo xabariga ko'ra, fransiyalik yarim himoyachining ketishi «Roma» sport direktori D'Amikoni xalqaro darajadagi yangi futbolchi izlashga majbur qiladi. Shu sababli klub «Sanderlend» va «Glazgo Reynjers» vakillarini nomzodlar qatorida ko'rib chiqmoqda.