Kevin Danso'ning «Sanderlend»ga o'tishi «Tottenxem»ga bog'liq
Sky Sports muxbiri Kit Daunining xabar berishicha, Kevin Dansoning «Sanderlend»ga transferi «Tottenxem» yangi o'yinchi topishiga bog'liq bo'lib turibdi.
Sky Sports muxbiri Kit Dauni xabariga ko'ra, «Sanderlend» «Tottenxem» bilan Kevin Dansoni sotib olish bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgan.
Transfer hozircha kutish rejimida — futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat kutmoqda.
Biroq, ma'lum bo'lishicha, «Tottenxem» o'ziga munosib o'rinbosar topmaguniga qadar ushbu kelishuv yakunlanishi dargumon.