Kevin Danso «Sanderlend»ga o'tmoqda
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 15

Kevin Danso «Sanderlend»ga o'tmoqda

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Sanderlend» «Tottenxem» bilan 27 yoshli avstriyalik himoyachi Kevin Dansoning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv qiymati 29 million yevroni tashkil etadi.

Moliya masalasiga to'xtaladigan bo'lsak:

● «Tottenxem» Dansoni 2025-yil yozida «Lans»dan 25 million yevro evaziga besh yillik shartnoma bilan sotib olgandi. Yillik amortizatsiya 5 million yevroni, balans qoldig'i esa 20 million yevroni tashkil etadi.

● «Shporlar»ning sof foydasi 9 million yevro. Xarajatlardan 5 million yevrolik amortizatsiya hamda bonuslar bilan birga 4,9 million yevrolik maosh chiqarib tashlanadi.

● «Sanderlend» uchun transfer besh yoki undan ortiq yillik shartnoma asosida yiliga 5,8 million yevroga tushadi, bunga maosh ham qo'shiladi.

Bu oqilona kelishuv. «Tottenxem» tarkibda o'z o'rnini topa olmagan (Senesi va van Xekke kelganidan so'ng) futbolchini foyda bilan sotmoqda. «Sanderlend» esa yevrokuboklar uchun mudofaa chizig'ini tajribali himoyachi bilan kuchaytirib olmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!