Sven Meynans Eredivisie to'purarlar ro'yxatida yetakchiga aylandi
Sven Meynans PSV safida "Kambur"ga qarshi o'yinda ikkinchi xet-trigini qayd etdi va Eredivisie to'purarlari ro'yxatida yetakchiga aylandi.
🙂Sven Meynans PSV safida gollarni urishda davom etmoqda!
"Kambur"ga qarshi o'yinda futbolchi Eyndxoven klubi tarkibidagi ikkinchi xet-trigini rasmiylashtirdi.
Meynans PSV tarixida Eredivizidagi dastlabki o'nta o'yinida ikkita xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijaga faqat Dris Mertens erishgan edi.
Shuningdek, Meynans Eredivisie to'purarlari ro'yxatida birinchi o'ringa chiqib oldi va yetakchilikni boshqa o'yinchilar bilan bo'lishib turibdi.