Dris Mertens neapolliklarning yozgi transfer kampaniyasiga baho berdi.
Klub tarixidagi eng yaxshi to'purar Prime Video kanalida teleboshlovchi va ekspert sifatida debyut qildi. «Napoli»ning Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvini yoritish chog'ida Chiro shunday dedi:
«Tan olishim kerak, men ko'proq narsani kutgandim. Jamoani kuchaytirish uchun bizga bir nechta xaridlar kerak edi. Ammo har kim o'z qarorini o'zi qabul qiladi.»
Sport direktori Jovanni Manna bunga javob qaytardi:
«Albatta, muxlislar transfer bozorida ko'proq narsani kutishgandi, ammo biz ayrim jihatlarni baholab chiqdik. Biz muvozanatni buzishni istamadik. O'tgan yili biz ko'plab futbolchilarni sotib olgandik va ularni kuzatishga, baholashga qaror qildik. O'tgan yili bizda jarohatlar ko'p bo'ldi. Umid qilamizki, bu yil omadimiz ko'proq keladi. Biz ma'lum parametrlarga mos kelishimiz kerak edi; dekabrgacha kutib turaylik, keyin nima bo'lishini ko'ramiz.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!