AZ Alkmaar 22 yoshli vinger Ro-Zanjelo Daal bilan shartnomani 2031-yilning yoziga qadar uzaytirdi. 🙂
Daal 2015-yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelmoqda va akademiya safidan asosiy jamoagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi.
U yoshlar jamoasi safida 79 ta o'yinda 24 ta gol urgan bo'lsa, asosiy tarkibda uch mavsum davomida 64 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!