🙂 PSV Kevin De Bruyne transferi ustida jiddiy ishlamoqda.
Ushbu ma'lumotni bir nechta OAV tasdiqladi. Belgiyaning HLN nashri xabariga ko'ra, De Bruyne ham PSVga o'tishdan manfaatdor.
Uning rafiqasi Mishel Lakrua avvalroq belgiyalik yarim himoyachini bunday qarorga undashi mumkin bo'lgan asosiy sabablarni tushuntirib bergandi.
"Biz Belgiyaning Limburg shahrida yashashni istaymiz. Va qanchalik tez bo'lsa, shunchalik yaxshi.
Kevin Neapolda juda yopiq hayot kechirmoqda va bu unga unchalik yoqmayapti. Biz hatto butun oila bo'lib shaharga chiqib, shunchaki sayr ham qila olmaymiz. Bu medalning ikkinchi tomoni".
"Qaysidir pallada futbol asosiy ustuvorlik bo'lmay qoladi. Sen allaqachon hamma narsaga erishding, hamma narsani qilding. Unda nega yana farzandlaringning hayotini qurbon qilishda davom etishing kerak?"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!