Karlo Alvino: «Napoli» De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmaydi
Jurnalist Karlo Alvino «Napoli»ning Kevin De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmasligini va klubning transfer rejalari haqida ma'lum qildi.
Karlo Alvino: «Napoli» De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmaydi
Yaqin manbalarga tayanadigan jurnalist «Napoli»ning rasmiy hamkori Radio KissKiss efirida shunday dedi:
«Napoli», shubhasiz, shartnomani uzaytirish opsiyasidan foydalanmaydi. «Napoli»da De Bryuyneni yanvar oyida sotib yuborish bo'yicha qat'iy niyat yo'q, shuning uchun uning ketishi kafolatlanmagan. Ammo hech kim sotilmaydigan futbolchi emasligi aniq. Agar juda foydali taklif tushsa, klub uni ko'rib chiqadi. «Napoli»ning De Bryuyne borasidagi pozitsiyasi aniq: agar u ketishni istasa, hech kim uni tekinga qo'yib yuborish haqida o'ylamasligi kerak.
«Napoli» faqat turnir jadvalidagi o'rni yaxshilansa, yirik xaridlarni amalga oshiradi. Agar «adzurrilar» to'rtinchi o'rindan to'rt-besh ochko uzoqlikda bo'lishsa, sifatli futbolchilar sotib olinadi. Agar bu sodir bo'lmasa va biz to'rtinchi o'rindan to'qqiz ochko ortda qolsak — men hatto ko'rib chiqishni ham istamaydigan ssenariy — unda ayrim bitimlar iyungacha qoldiriladi.