«Roma» Van Bommelni yanvar oyidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda; PSV futbolchi uchun 25 million yevro talab qilmoqda.
RomaToday va Gazzetta.it xabariga ko'ra, «Roma» bosh murabbiy Jan Pero Gasperini so'ragan chap qanot hujumchisini qo'lga kiritish ustida ishlashda davom etmoqda. Yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan sport direktori Toni D'Amiko ro'yxatiga PSV'ning 22 yoshli futbolchisi Ruben van Bommel kiritilgan.
Tizza jarohati sababli uzoq muddatli tanaffusdan qaytgan niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ma'lumotlarga ko'ra, PSV uni taxminan 25 million yevroga baholamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!