Jurnalist M. A. Dias Kilian Mbappe va Jud Bellingemning jismoniy holatini saqlab qolish uchun ularga ko'proq dam berish kerakligini ta'kidladi.
📻 M. A. Dias (jurnalist Cope): "Mbappe barcha o'yinlarni boshidan oxirigacha o'tkaza olmaydi. Men uning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish haqida o'ylayotganini, Ronaldu rekordlarini yangilash va boshqa individual maqsadlarga erishishga intilayotganini tushunaman.
Lekin Mourinyu fransiyalik futbolchini amaliyotni me'yorlashtirish kerakligiga ishontirishi lozim, axir u aprel oyiga kelib jismonan toliqib qolmasligi kerak. Men Mbappeni zaxira o'rindig'iga o'tqazib qo'yish deyarli imkonsiz ekanini tushunaman, lekin uning o'yin vaqtini biroz qisqartirish mumkin-ku. Masalan, 70-daqiqada almashtirish orqali.
Xuddi shu narsa Bellingemga ham tegishli. U ham har bir o'yinda to'liq 90 daqiqa o'ynamasligi kerak".