Lukas da Kunya uchun narx belgilandi
Lukas da Kunya uchun "Komo" 50 million yevro talab qilmoqda. Futbolchi bilan "Chelsi", "Liverpul" va "Nyukasl" qiziqmoqda.
💼 Lukas da Kunya uchun "Komo" qancha so'ramoqda? Taxminan 50 mln yevro.
The Hard Tackle yozishicha, sardorimiz ortidan "Chelsi", "Liverpul" va "Nyukasl" kuzatuv olib bormoqda. Lukasning shartnomasi 2031-yilga qadar mo'ljallangan, shuning uchun shoshilishimizga hojat yo'q.
Bugun Toshkent vaqti bilan 00:45 da Fransiya Italiya bilan bahs olib boradi — narxning dinamikasini kuzatamiz 😏
📰 The Hard Tackle