Eduardo Kamavinga o'z turmush tarzini o'zgartirdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 17

Eduardo Kamavinga o'z turmush tarzini o'zgartirdi

📰 AS xabariga ko'ra, o'tgan mavsum Kamavinga uchun burilish nuqtasi bo'ldi. Bunga «Bavariya»ga qarshi o'yindagi chetlatilish va uning «Madrid»dan ketishga yaqin qolgani sabab bo'ldi. Fransiya terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasiga kiritilmagani ham yarim himoyachini o'z turmush tarzini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi.

O'shandan beri 24 yoshli fransiyalik futbolchi yanada intizomli bo'lib, avvalgi darajasiga qaytishga intilmoqda. Endilikda Kamavinga barcha majburiyatlarini bajargach, tungi bazmlarda vaqt o'tkazish o'rniga uyga qaytishni afzal ko'rmoqda. Bu unga keyingi kungi mashg'ulotlarga to'liq tayyorgarlik ko'rish imkonini bermoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!