#Diogu Jota — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Yurgen Klopp Diogo Jota haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi

Yurgen Klopp Diogo Jota haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi

Yurgen Klopp Diogo Jota bilan bog'liq xotiralari va o'yinchining vafoti haqidagi og'riqli hislari bilan bo'lishdi.

Yurgen Klopp Diogo Jota haqida:

«Esimda, «Vulvz» o'yinini tomosha qilayotganimda, Diogu chap qanotga o'tib, texnikasi va jismoniy kuchi yordamida kimnidir aldab o'tgan pallada, darhol o'yladim: «Men bu o'yinchini o'z jamoamda ko'rishni istayman». Bu deyarli hech qachon pand bermaydigan ichki sezgi edi. Odatda o'yinchini transfer qilish jarayoni boshqacha kechadi: biz skautlar va sport direktori bilan birga ishlardik, men ularga qaysi pozitsiyani kuchaytirmoqchi ekanligimni aytardim, ular esa variantlar ro'yxati bilan qaytishardi. Diogu holatida esa men tashabbusni o'z qo'limga oldim, ulardan u haqida ma'lumot to'plashni so'radim va bu o'yinchiga yaqinroq nazar tashlashimiz kerakligini aytdim. Bizga universal o'yinchilar kerak edi va Diogu bir nechta pozitsiyada o'ynay olardi. Uning «Liverpul» kabi klubda porlashi uchun barcha narsasi — futbol sifatlari, mentaliteti va ishga bo'lgan munosabati bor edi. Mening yoshim 58 da va odamlar ba'zida vafot etishini bilaman. Bu hayotning, shu jumladan mening hayotimning bir qismi. Muayyan yoshga yetganingizda, bu narsalar muntazam sodir bo'lishiga ko'nikishingizga to'g'ri keladi. Ammo Dioguning vafot etganini eshitganimda, shok holatiga tushib qoldim, bir og'iz so'z ayta olmadim. Qanday va qayerda sodir bo'lganini so'ramadim, shunchaki o'tirib, nima bo'lganini anglashga harakat qildim. Tan olishim kerakki, shu kungacha buni uddalay olmadim. Mendan Diogu haqida ushbu intervyu uchun, ushbu kitob uchun gapirib bera olasizmi, deb so'rashganida, albatta, rozi bo'ldim. Men Diogu haqida gapirishni, u haqida o'ylashni, uni xotirlashni istadim. Ammo hozir, gaplashayotganimizda, bunga mutlaqo tayyor emasligimni tushunib turibman. Hayotimning katta qismini turli narsalar haqida gapirish bilan o'tkazdim. Ammo hozir o'zimni zo'rg'a tutib turibman, bu yo'qotishni ta'riflash uchun so'z topa olmayapman. Bu normal holat emas, bu aqldan ozish», — deydi Klopp.
Paddi Pimblett Diogu Jota sharafiga qo'shiq kuyladi

Paddi Pimblett Diogu Jota sharafiga qo'shiq kuyladi

UFC jangchisi Paddi Pimblett g'alabasidan so'ng Diogu Jota sharafiga Liverpul muxlislari qo'shig'ini kuyladi.

UFC jangchisi va Liverpul shahri vakili Paddi Pimblett o'z g'alabasidan so'ng Diogu Jota va uning ukasi Andre xotirasiga hurmat bajo keltirdi. U portugaliyalik futbolchi sharafiga Liverpul muxlislari qo'shig'ini ijro etdi.

Oh he wears the number 20 ❤️‍🩹

O'ng ustun yangiliklari

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlarini yodga olishdi

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlarini yodga olishdi

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlari xotirasini yodga olish uchun Enfild stadioniga tashrif buyurishdi.

Bugun ertalab jamoamiz vakillari Xillsboro fojiasida halok bo'lganlar xotirasini yodga olish uchun "Enfild"ga tashrif buyurishdi.

Klub direktorlari Tiago Skuro, Karlos Avinya va bosh murabbiy Filipe Luis jamoa o'yinchilari Denis Zakariya hamda Takumi Minamino bilan birgalikda yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi va "Monako" nomidan gulchambar qo'yishdi.

Shuningdek, monegasklar "Forever 20" yodgorligi oldida portugaliyalik marhum xotirasini ham yodga olishdi. Minamino uchun bu lahza ayniqsa shaxsiy ahamiyat kasb etdi: u "Liverpul"da Diogu Jota bilan birga to'p surgan.

Bugun o'zaro to'qnash keladigan ikki klub ushbu kunni birgalikda, "Liverpul" hech qachon unutmaydigan insonlarga hurmat bajo keltirish bilan boshlashdi.

You’ll Never Walk Alone. ❤️