Endi Robertson The Overlap podkastining yangi sonida mehmon bo'ldi.
Uning so'zlariga ko'ra, Diogu Jotaning yo'qotilishi nafaqat unga, balki butun jamoaga qattiq ta'sir qilgan:
Bu haqda gapirish yoki ta'riflash juda qiyin. Chunki biz boshdan kechirgan narsalar dahshatli edi, tushunyapsizmi? O'tgan yozda jamoaga kelgan yangi futbolchilar o'sha paytda qayg'uga botgan klubga kelishgandi.
Shu bois bu yigitlarga juda achinaman, chunki ular katta pul evaziga transfer qilingandi. Futbol nuqtai nazaridan olib qaraganda, ularga moslashish uchun oylar kerak bo'ldi, chunki biz o'sha paytda xuddi arvohdek edik, bizni futbol qiziqtirmasdi. Bu sof haqiqat.
Bizni hech narsa qiziqtirmasdi, chunki biz kiyim almashtirish xonasidagi eng yaqin do'stlarimizdan birini yo'qotgandik. O'ylaymanki, har bir futbolchining o'z chegarasi bor. Va qachonki siz o'sha o'tkirlikni yo'qotsangiz, eng yaxshi darajangizni ko'rsata olmaysiz. O'tgan mavsumda biz buni yo'qotgan edik.
O'tgan mavsumga nazar tashlar ekanmiz, o'sha paytda qat'iyatimizni va u bilan bog'liq narsalarni boy berganimizni tushunaman. Ko'pchilikni "buning nima keragi bor?" degan fikrlar qiynardi. Biz Jotaning oilasi nimalarni boshdan kechirayotganini, uning farzandlarini ko'rardik...
Biz hammamiz motam tutdik. Oxir-oqibat u shunchaki futbolchi emas, bizning do'stimiz edi. U jamoadoshimiz, do'stimiz, hammasi edi. Biz uchun bu o'ta og'ir kechdi. U vafot etishidan bir hafta oldin men uning to'yida edim. Bu inson duch kelishi mumkin bo'lgan eng og'ir narsalardan biri. Uning hayotidagi eng baxtli kunida uni ko'rasiz, bir hafta o'tib esa uning oilasi qanday parchalanyotganiga guvoh bo'lasiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!