#Denis Zakariya — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Denis Zakariya jarohat oldi

Denis Zakariya jarohat oldi

AS Monaco sardori Denis Zakariya jarohat oldi va xalqaro tanaffus davomida tiklanish jarayonini o'tkazadi.

Zakariya taxminan bir hafta oldin son mushagidan jarohat olgandi, «Lans»ga qarshi o'yin esa vaziyatni yanada og'irlashtirdi.

U xalqaro tanaffusdan tiklanib olish uchun foydalanadi.

Sardorga sog'liq tilaymiz! ❤️🤍

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlarini yodga olishdi

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlarini yodga olishdi

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlari xotirasini yodga olish uchun Enfild stadioniga tashrif buyurishdi.

Bugun ertalab jamoamiz vakillari Xillsboro fojiasida halok bo'lganlar xotirasini yodga olish uchun "Enfild"ga tashrif buyurishdi.

Klub direktorlari Tiago Skuro, Karlos Avinya va bosh murabbiy Filipe Luis jamoa o'yinchilari Denis Zakariya hamda Takumi Minamino bilan birgalikda yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi va "Monako" nomidan gulchambar qo'yishdi.

Shuningdek, monegasklar "Forever 20" yodgorligi oldida portugaliyalik marhum xotirasini ham yodga olishdi. Minamino uchun bu lahza ayniqsa shaxsiy ahamiyat kasb etdi: u "Liverpul"da Diogu Jota bilan birga to'p surgan.

Bugun o'zaro to'qnash keladigan ikki klub ushbu kunni birgalikda, "Liverpul" hech qachon unutmaydigan insonlarga hurmat bajo keltirish bilan boshlashdi.

You’ll Never Walk Alone. ❤️

O'ng ustun yangiliklari

Denis Zakariya «Monako» safida 100-o'yinini o'tkazdi

Denis Zakariya «Monako» safida 100-o'yinini o'tkazdi

Denis Zakariya «Monako» safida 100 ta o'yin o'tkazdi. Klub rahbariyati futbolchini ushbu yubiley bilan shaxsan tabrikladi.

Denis Zakariya uchun «PSJ»ga qarshi o'yin «Monako» libosidagi 100-uchrashuv bo'ldi!

Ushbu voqea sharafiga shveytsariyalik futbolchini jamoaning mashg'ulotlaridan biriga tashrif buyurgan Tiago Skuro va Karlos Avinya shaxsan tabriklashdi.