Filipe Luis: «CSKA bilan o'yin oson kechmaydi»
Les Rouge et Blanc ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Filipe Luis: «CSKA bilan o'yin oson kechmaydi»

«Monako» bosh murabbiyi Konferensiyalar ligasi doirasidagi «SSKA Sofiya»ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi.

Braziliyalik mutaxassis Denis Zakariya va Erik Dayerning holati haqida gapirib, bo'lajak raqibni baholadi hamda har bir futbolchi istalgan vaqtda maydonga tushishga tayyor turishi kerakligini tushuntirdi.

🔴 «Monako»ning Konferensiyalar ligasidagi debyuti haqida:

«Bunday turnirda ishtirok etish — katta sharaf. Biz qanday atmosfera kutayotganini bilamiz va barchamiz ushbu o'yinga tayyormiz. Konferensiyalar ligasidagi ishtirokni yaxshi boshlash va g'alaba qozonishga harakat qilish juda muhim. Bizni oson bo'lmagan raqib kutib turibdi».

🔴 U «Monako»ni turnir favoriti deb hisoblaydimi?

«Men bizni favorit deb hisoblamayman. SSKA — kuchli jamoa, safarda esa bizni qiyin atmosfera kutmoqda. O'yinga bor jiddiylik bilan yondashish, kamtarin bo'lish va ko'p ishlash kerak. Biz Liga 1'dagi kabi o'yin ko'rsatishimiz shart».

🔴 Denis Zakariya va Erik Dayerning holati haqida:

«Zakariya o'zini yaxshi his qilmoqda. «Tuluza»ga qarshi o'yinda unda biroz noqulaylik bo'lgandi, ammo hozir hammasi joyida. Agar xavf bo'lmasa, u maydonga tusha oladi. Dayerga kelsak, uning son to'rt boshli mushagida noqulaylik bor. U qaydnomaga kiritilmadi, uning holatini kuzatib boramiz va dam olish kunlari «Loryan»ga qarshi o'ynay oladimi yoki yo'q, ko'rib chiqamiz».

🔴 O'yin uchun tarkib va yosh futbolchilar haqida:

«Biz 25 nafar futbolchini, shu jumladan uchta darvozabonni olib keldik. Tajriba orttirish uchun yosh futbolchilar ham biz bilan birga kelishdi. Biz imkon qadar kuchli tarkibni maydonga tushirishga harakat qilamiz.
Mavsum uzun va bizga barcha futbolchilar kerak bo'ladi. Zaxiradagi o'yinchilar o'z imkoniyatlariga ega bo'lishadi, ammo ular bunga tayyor turishlari kerak. Raqobat yuqori va har kim kerakli darajani ushlab turishi shart».

🔴 «SSKA Sofiya» bahosi:

«Ularda tajribali futbolchilar, yaxshi hujumchi va ayniqsa bo'sh zonalarda hamda uzatmalarda xavfli bo'lgan qanot vingerlari bor. Yaqinda jamoa murabbiy almashtirdi, shuning uchun ular yuqori pressing qo'llashini kutmoqdamiz. Bizni og'ir o'yin kutmoqda».

🔴 «Monako»ning mag'lubiyatsiz seriyasi va rotatsiya haqida:

«Biz o'yindan o'yinga qarab boryapmiz. Rotatsiya bo'lishi mumkin, ammo shu bilan birga o'yin darajasini saqlab qolish kerak. O'ziga ortiqcha ishonib yuborishga yo'l qo'ymaslik lozim. Hozir jamoa yaxshi formada va biz bu seriyani uzaytirmoqchimiz, garchi har bir o'yin bilan bu qiyinlashib borayotgan bo'lsa ham.
Biz rivojlanishda davom etishimiz, o'yinimizni mukammallashtirishimiz va futbolni hurmat qilishimiz kerak».

🔴 Aleksandr Golovin haqida:

«Men kelganimdan beri Golovin eng yuqori darajani namoyish etmoqda. U barcha mashg'ulotlarda qatnashadi, jamoa uchun juda muhim va taktik talablarni bajaradi. Hozir u jismoniy jihatdan eng yaxshi formada.
U pressing qilishni biladi va o'yinni a'lo darajada o'qiydi: qachon oldinga o'tish, qachon ortga chekinish, bo'sh zonaga ochilish yoki to'pni saqlab qolish kerakligini tushunadi. Bu o'ziga xos futbolchi va umid qilamanki, u shu ruhda davom etadi.
Men barcha futbolchilardan pressing qilishni kutaman, shunda o'yinni nazorat qila olamiz. Golovin uchun bu allaqachon o'yinning tabiiy qismi».

🔴 Futbolchilar asosiy tarkibga kirganini qachon bilishadi?

«Ba'zida o'yinchilar buni oldindan bilishadi, ba'zida esa yo'q. Har kim oxirgi daqiqagacha tayyor bo'lishi kerak. Besh daqiqa ichida o'yin borishi o'zgarib ketishi mumkin, shuning uchun maydonda besh daqiqa o'tkazadigan futbolchi 85 daqiqa o'ynaydigan o'yinchidan kam ahamiyatga ega emas».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!