#Pol Pogba — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Pol Pogba Joze Mourinyo bilan bo'lgan munosabatlari haqida gapirdi

Pol Pogba Joze Mourinyo bilan bo'lgan munosabatlari haqida gapirdi

Pol Pogba Joze Mourinyo bilan o'tmishdagi munosabatlari va hozirgi munosabati haqida fikr bildirdi.

Pol Pogba:

Rostini aytadigan bo'lsam, Mourinyo o'zingizni qulay his qiladigan yaxshi inson. Ammo agar u siz unga qarshi chiqayotganingizni yoki o'zingizni undan ustun qo'yayotganingizni sezsa, u sizni darhol joyingizga o'tirg'izib qo'yadi. Bugun biz uchrashib qolsak, avvallari o'rtamizda bo'lib o'tgan voqealar ustidan kulamiz.

O'ng ustun yangiliklari

Filipe Luis: «Monako» har mavsum yevrokuboklarda o'ynashi shart»

Filipe Luis: «Monako» har mavsum yevrokuboklarda o'ynashi shart»

Filipe Luis «Gurnik»ga qarshi o'yin, tarkibdagi jarohatlar, Zakariyaning sardorligi va Fransiya chempionatidagi favoritlar haqida gapirdi.

«Monako» bosh murabbiyi Filipe Luis «Gurnik»ga qarshi bo'lajak o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

🔴 «Gurnik» haqida:

«Bu juda kuchli raqib. Biz ularning ko'plab o'yinlarini, ham o'tgan mavsumdagisini, ham joriy mavsumdagisini ko'rib chiqdik. Ularning o'yin uslubi tushunarli, asosan qarshi hujumlarga asoslangan. Tarkibida xavfli futbolchilar bor, ayniqsa qanotlarda. Ular bilan oson bo'lmaydi. Bu yevrokuboklarda o'ynash uchun imkoniyat, shuning uchun biz undan maksimal darajada foydalanishimiz kerak. Konferensiyalar ligasi — ajoyib turnir».

🔴 Matis Ablin va jarohatlar haqida:

«Koventri»ga qarshi oxirgi o'yinda Matis Ablin tovon qismiga zarba qabul qilib oldi. U qanchalik og'riq his qilayotganini ko'rishimiz kerak, ammo uning ishtiroki borasida shubhalarimiz bor. Ansu Fati ham o'ynamaydi. Matis Dyutyurbega kelsak, u yevrokuboklar uchun qaydnomaga kiritiladi va ushbu qarama-qarshilikning birinchi o'yinida maydonga tusha oladi».

🔴 Balogun haqida:

«U endigina mavsumoldi tayyorgarligini boshladi, chunki jahon chempionatidan kech qaytdi va kichik jismoniy muammosi bor edi. Hozir u yana guruh bilan birga mashg'ulot o'tkazmoqda. Umid qilamanki, tez orada maydonga qaytadi, chunki u biz uchun juda muhim. Katta ehtimol bilan, ertaga u hali tayyor bo'lmaydi».

🔴 «Koventri»ga qarshi o'yindagi muammolar haqida:

«Koventri» bilan o'yin qiyin kechdi. Bu bahs bizga keyingi ishlarimiz uchun yo'nalish berdi va nimani to'g'rilash kerakligini tushunishga imkon yaratdi. Ayniqsa, pressingni qanday amalga oshirishimiz borasida. Shuningdek, to'pga egalik qilganimizda xavfliroq bo'lishimiz kerak. Bizga qolgan yagona narsa — ishlashda davom etish. Ammo jamoa bu borada rivojlanishiga ishonchim komil».

🔴 Konferensiyalar ligasi haqida:

«Bu klub uchun juda muhim turnir, chunki «Monako» har mavsum yevrokuboklarda o'ynashi shart! Biz yaxshi mavsum o'tkaza olishimizga ishonamiz, shuning uchun yevrokuboklarda ishtirok etish muhim. Ammo buning uchun ushbu ikki o'yinlik qarama-qarshilikdan o'tishimiz kerak, u esa qiyin bo'ladi. «Gurnik» o'z yo'lini Chempionlar ligasida boshlagan, keyin Yevropa ligasi saralashida o'ynagan. Bu umuman oson raqib emas va biz ularga katta hurmat bilan qaraymiz».

🔴 Dayer haqida:

«Bu biz uchun juda muhim futbolchi, chunki o'z faoliyati davomida katta klublarda o'ynagan. O'tgan mavsum u uchun qiyin kechdi va o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmadi. Ammo men uni hamon top-futbolchi deb hisoblayman. U o'zini yaxshi his qilishi, o'yin hissiyotlarini qaytarib olishi kerak — shunda u yana yaxshi saviyaga chiqadi. Biz jamoa sifatida unga yordam berish uchun birgalikda rivojlanamiz».

🔴 Zakariya haqida:

«Denis Zakariya sardor bo'lib qoladi. Uning bu rol uchun barcha sifatlari bor, chunki u haqiqiy yetakchi — ham xulq-atvori, ham so'zlari bilan. Uni barcha futbolchilar, murabbiylar shtabi va klub hurmat qiladi. U o'ynaydimi yoki yo'qmi, baribir o'sha-o'sha insonligicha qoladi. U faqat «Monako» uchun eng yaxshisini istaydi. U maydonda mening davomim bo'ladi».

🔴 Pogba haqida:

«Pol Pogba — fransuz futbolida katta iz qoldirgan futbolchi. Mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida olingan jarohatdan so'ng, klub u bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Bu ajoyib inson va ko'zga ko'ringan futbolchi. Men unga tezroq sog'ayib ketishini va kelajakda eng yaxshilarini tilayman».

🔴 Chempionlik poygasi haqida:

«PSJ har qanday holatda ham favorit hisoblanadi. Buning aksini aytish yolg'on bo'lardi. Ularda eng katta byudjet, dunyodagi eng yaxshi murabbiy va fantastik futbolchilar bor. Ammo bu futbol — har narsa bo'lishi mumkin. Aynan shuning uchun hamma bu sportni yaxshi ko'radi. Albatta, ular oxirgi beshta chempionlik unvonini qo'lga kiritishdi va o'z tarixlariga yana ikkita Chempionlar ligasi g'alabasini qo'shishdi. Ammo doimiy g'alaba qozonish ham qiyin bo'lishi mumkin».
Pol Pogba otasining o'gitlari va hayotiy qiyinchiliklar haqida

Pol Pogba otasining o'gitlari va hayotiy qiyinchiliklar haqida

Pol Pogba «Manchester Yunayted»dagi ilk maoshi va hayotiy qiyinchiliklar davrida do'stlari haqida gapirib berdi.

🗣️ Pol Pogba:

«Manchester Yunayted»da ilk katta maoshimni olganimda, juda xursand bo'lib, otamning oldiga bordim. O'shanda u menga shunday degandi: «O'g'lim, pulni havoga sovurma. Bayram tugab, mehmonlar tarqalib ketganda, faqat o'zingniki bo'lgan narsalar qoladi».

O'shanda bu so'zlarning ma'nosini to'liq tushunmagandim. Ammo hayotimda qiyinchiliklar boshlanganda, ilgari doim yonimda bo'lgan ko'plab do'stlarim hatto hol-ahvol so'rashni ham qo'yishganini ko'rdim. Bugun yonimda faqat eng yaqin oilam qoldi».