Xuan Mata «Manchester Siti»ga qo'yilgan ayblovlar haqida fikr bildirdi
Xuan Mata «Manchester Siti»ga qo'yilgan ayblovlar va APL chempionlik poygasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Xuan Mata — «Siti»ga qarshi ayblovlar haqida:
«Menga ko'plab o'yinlarda maydonga tushish va bir nechta sovrinlarni yutish nasib etdi, ammo APL chempionligi menga nasib qilmadi. Balki, baribir nasib qilgandir? Yakun qanday bo'lishini ko'ramiz, ammo nazarimda, ularga bo'lgan da'volar asosli.
Shubhasiz, Rodri aytganidek, sovrinlar maydonda qo'lga kiritilgani haqida haqiqat bor. Ehtimol, u o'yin darajasi bo'yicha ular haqiqatan ham qolganlardan kuchliroq bo'lganiga ishonch hosil qilgandir. Ammo bu maydon tashqarisida sodir bo'lgan barcha narsalarni avtomatik tarzda to'g'ri qilib qo'yadimi?»