Ansu Fati yana jarohat oldi. 11-avgust kuni u va Pol Pogba jarohatlaridan forig' bo'lib, jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytishgandi.
Pol Pogba ilk mashg'ulotdayoq son mushaklari jarohati sabab 6 haftaga safdan chiqdi.
Endilikda ma'lum bo'lishicha, Liga 1 birinchi turiga qaytishi kutilgan Ansu Fati o'tgan hafta boldir qismida mushaklardagi noqulaylik tufayli yana shifokorlarga murojaat qilgan. Uning maydonga qaytishi sentyabr oyiga qoldirildi.
🔴 Koventri bilan o'yindan so'ng lazaretga yana bir futbolchi qo'shildi: yozda jamoaga kelib qo'shilgan Matis Ablin. Raqib bilan qattiq to'qnashuvdan so'ng uning o'ng oyog'iga chok qo'yildi. Hozircha uning 20-avgust kuni Gornik bilan o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.
Shu tariqa, Konferensiyalar ligasi saralashi doirasidagi polshaliklarga qarshi bahsga jamoa katta ehtimol bilan quyidagi futbolchilarsiz yetib boradi:
• Aleksandr Golovin (diskvalifikatsiya)
• Mamadu Kulibali (diskvalifikatsiya)
• Matis Ablin (jarohat)
• Ansu Fati (jarohat)
• Pol Pogba (jarohat va shartnoma bekor qilinishi)
• Muhammad Salisu (xochsimon bog'lamlar tiklanishi)
• Takumi Minamino (xochsimon bog'lamlar tiklanishi)
• Folarin Balogun (transfer muzokaralari)
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!