Pol Pogba va Ansu Fati "Xetafe"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Les Rouge et Blanc ↗ ●●●●● Umumiy 👁 14

Pol Pogba va Ansu Fati "Xetafe"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

🚨 Nice-Matin xabariga ko'ra, Pol Pogba va Ansu Fati bugungi "Xetafe"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi.

Pogbani tizzasidagi muammolar bezovta qilmoqda, Ansu esa mavsumoldi tayyorgarlik boshida olgan mushak jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Ikkala futbolchi ham "Monako"ning Angliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini (8-14 avgust) vaqtida safga qaytishni rejalashtirmoqda.

Tizzasidagi muammolardan tashqari, klub ichida Pol Pogba hozircha o'zining yuqori jismoniy holatiga qaytish uchun yetarlicha motivatsiya ko'rsatmayapti, deb hisoblashmoqda.

Umuman olganda, yangilik yo'q. Pogbaning ketishi barcha tomonlar uchun katta yengillik bo'ladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!