Pap Matar Sarr: «Yuventus» — buyuk klub, bu yerda ekanligimdan juda xursandman»
Черным по белому ↗ ●●●●● Matbuot 👁 14

Pap Matar Sarr: «Yuventus» — buyuk klub, bu yerda ekanligimdan juda xursandman»

Pap Matar Sarr: «Mening birinchi taassurotim — «Yuventus» bu buyuk klub, u orqali Zidan, Pogba, Platini kabi ajoyib chempionlar o'tgan. Bu klub men uchun juda ko'p narsani anglatadi. Men bu yerda ekanligimdan nihoyatda xursandman va katta ishtiyoq bilan ushbu yangi sarguzashtni boshlayapman.

Men o'zimni «box-to-box» formatidagi yarim himoyachi deb bilaman. Menga jamoaga hujumlar tashkil etishda yordam berish, gollar urish, shu bilan birga himoyada samarali ishlash va darvozamizni qo'riqlash yoqadi. O'zimni shunday ta'riflay olaman.

Mening asosiy maqsadim — jamoa dinamikasiga imkon qadar tezroq kirishib ketish. «Yuventus» — Italiyaning eng sovrindor va buyuk tarixga ega klubi. Biz o'yindan o'yinga qarab boramiz, har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz, mavsum oxirida esa bu bizni qayerga olib borishini ko'ramiz.

Agar «Yuventus» safida to'p surgan futbolchilar orasidan o'rnak oladigan bo'lsam, mening asosiy kumirim — bu Pol Pogba.

Barcha «Yuventus» muxlislariga salom! Men bu yerda ekanligimdan juda xursandman va barchangiz bilan stadionda uchrashishni intiqlik bilan kutaman. Forza Juventus!»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!