#Fabian Ruiz — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

PSJ bir qator futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi

PSJ bir qator futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike va bir qator futbolchilar klub bilan shartnomalarini uzaytirishdi.

Luis Enrike 2030-yilga qadar mo'ljallangan shartnomani imzoladi!

Beraldo, Pacho, Mayulu va Nevesh 2031-yilga qadar jamoada qoladigan bo'ldi!

Fabian Ruis esa 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnomani imzoladi!

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlarini yodga olishdi

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlarini yodga olishdi

Monako vakillari Xillsboro fojiasi qurbonlari xotirasini yodga olish uchun Enfild stadioniga tashrif buyurishdi.

Bugun ertalab jamoamiz vakillari Xillsboro fojiasida halok bo'lganlar xotirasini yodga olish uchun "Enfild"ga tashrif buyurishdi.

Klub direktorlari Tiago Skuro, Karlos Avinya va bosh murabbiy Filipe Luis jamoa o'yinchilari Denis Zakariya hamda Takumi Minamino bilan birgalikda yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi va "Monako" nomidan gulchambar qo'yishdi.

Shuningdek, monegasklar "Forever 20" yodgorligi oldida portugaliyalik marhum xotirasini ham yodga olishdi. Minamino uchun bu lahza ayniqsa shaxsiy ahamiyat kasb etdi: u "Liverpul"da Diogu Jota bilan birga to'p surgan.

Bugun o'zaro to'qnash keladigan ikki klub ushbu kunni birgalikda, "Liverpul" hech qachon unutmaydigan insonlarga hurmat bajo keltirish bilan boshlashdi.

You’ll Never Walk Alone. ❤️

Felipe Luis: «Sporting»ga qarshi bahs biz uchun yaxshi sinov bo'ldi»

Felipe Luis: «Sporting»ga qarshi bahs biz uchun yaxshi sinov bo'ldi»

Felipe Luis «Sporting»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Felipe Luis «Sporting»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

Bugun biz uchun muhim o'yin bo'ldi, chunki «Sporting» tayyorgarlik jarayonida bizdan ancha ilgarilab ketgan. Shu sababli, bu barcha jihatlar ustida ishlashni davom ettirib, kerakli o'zgarishlarni kiritishimiz uchun yaxshi sinov vazifasini o'tab berdi.
Fabian Ruis klubi bilan shartnomani uzaytirmoqda

Fabian Ruis klubi bilan shartnomani uzaytirmoqda

Fabian Ruis va klub 2028-yilga qadar mo'ljallangan, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

🦥 Yarim himoyadagi o'zgarishlar haqidagi mish-mishlar fonida Buaddi Jamel jamoa yarim himoyasida hech qanday o'zgarishlar kutilmayotganini eslatib o'tdi. Shuningdek, u Fabian Ruis va klub 2028-yilga qadar mo'ljallangan, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishganini qo'shimcha qildi.

O'ng ustun yangiliklari

Tilo Kerer «Monako»ni tark etishi mumkin

Tilo Kerer «Monako»ni tark etishi mumkin

Tilo Kerer «Monako»ni tark etishi mumkin. Futbolchiga Yaqin Sharq va Turkiyadan qiziqishlar bor.

Vitse-kapitan jamoani tark etishi mumkin: Filipe Luis Dayerga ko'proq ishonch bildirmoqda.

Tilo Kerer «Monako»dan ketishi mumkin. Potensial yo'nalishlar — Yaqin Sharq va Turkiya. Bu, shuningdek, klub maoshlar fondini kamaytirish chorasi hamdir.

Luisda, albatta, ajoyib tanlov bor edi.