Kristal Pelas 22 yoshli yarim himoyachi Lamin Kamara borasida Monako bilan muzokaralarni davom ettirdi. 🗣️
Klublar senegallik futbolchini 40 million funt sterling atrofidagi mablag' evaziga sotib olish imkoniyatini muhokama qilishdi. Ushbu futbolchiga Chelsi, Nyukasl Yunayted va Manchester Yunayted ham qiziqish bildirmoqda. 💷
Yarim himoyachi yakshanba kuni Enfildda bo'lib o'tgan Monako va Liverpul o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida yaxshi taassurot qoldirdi. 👍
Saymon Jons ma'lumotiga ko'ra, monegasklar futbolchi uchun 50 million funt sterlingdan ortiq mablag' olishni istashmoqda, uning shartnomasi yakunlanishiga esa yana uch yil bor. 🤯
Burgutlar vakillari, shuningdek, Milan safidan ketishi mumkin bo'lgan Yussuf Fofana nomzodini ham muhokama qilishgan. 🤔
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!