Felipe Luis uchun rasmiy o'yinlardagi ketma-ket ikkinchi g'alaba! O'yin yakunida kutilmagan gol o'tkazib yubormaslik juda muhim edi, xayriyatki, hisobni saqlab qoldik va Fransiya chempionatini g'alaba bilan boshladik.
Bugun tarkibimizda ko'plab asosiy o'yinchilar yo'q edi, shu bois jamoani to'liq tarkibda va optimal formada ko'ra olmayapmiz. "Gurnik"ga qarshi javob o'yiniga qadar ko'proq futbolchilar, jumladan Ablin, Deturbe, Mavissa va boshqalar safga qaytishi kerak. Keyingi o'yinni kutamiz! Barchani g'alaba bilan tabriklayman, DAGHE MUNEGU!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!