Dugari va Kanisares Mbappe hamda «Oltin to'p» da'vogarlari haqida fikr bildirdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 10

Dugari va Kanisares Mbappe hamda «Oltin to'p» da'vogarlari haqida fikr bildirdi

Dyugarri (Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi): "Mbappe uyg'onishi kerak. Gollar urish bo'yicha unda hech qanday muammo yo'q — u baribir ko'p gol urmoqda. Ammo shu bilan birga, u jamoaviy sovrinlarni qo'lga kiritishni to'xtatdi. U na "Madrid"da, na Fransiya terma jamoasida hech narsa yutmayapti.

Bir paytlar Mbappe sovrinlar yutishni boshlashi kerak bo'ladi. Zidan [terma jamoada] unga taxminan shunday deydi: "Sen biz g'alaba qozonishimizni xohlaysanmi yoki shunchaki gol urib, o'zingni ko'z-ko'z qilishing yetarlimi?". Qaysidir pallada savol aynan shunday qo'yiladi".

S. Kanisares ("Madrid" sobiq darvozaboni): "Keyn va F. Ruis "Oltin to'p"ga Mbappe va Yamaldan ko'ra ko'proq loyiq. Menimcha, ular bu yil kattaroq yutuqlarga erishishgan".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!