Sebalyos, Penya va Romano "Oltin to'p" haqida fikr bildirishdi
Dani Sebalyos, jurnalist N. Penya va insayder Fabrisio Romano "Oltin to'p" sovrini hamda unga da'vogarlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Sebalyos (Betis yarim himoyachisi): "Kim "Oltin to'p"ni olishi kerak? F. Ruis. Agar u bo'lmasa, unda Mbappe"
N. Penya (Cope jurnalisti): "Mbappe "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga yaqinroq bo'ladi, qachonki "Real Madrid" individual emas, balki jamoaviy tarzda yaxshiroq harakat qilsa"
Fabrisio Romano (insayder): "Oltin to'p" uchun ovoz berish muddati — 28 sentyabr. Ovoz beruvchilarda 10 kun qoldi"