Dani Sebalyos «Real»dan ketishi va «Betis»ga o‘tishi haqida gapirdi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 16

Dani Sebalyos «Real»dan ketishi va «Betis»ga o‘tishi haqida gapirdi

Sebalyos: «Men faqat minnatdorchilik bildirishim va «Madrid»ga o‘z ehtiromimni izhor etishim mumkin [o‘tishimni amalga oshirgani uchun]. Men «Betis» bilan kelishuv barbod bo‘lishidan hech qachon qo‘rqmaganman, chunki «Madrid» vaziyatni osonlashtirdi [shartnomani bekor qilib].

Men Mourinyu bilan suhbatlashdim, yakunda u mening «Betis»ga o‘tishni xohlayotganimni tushundi. Shu sababli Peres bu kelishuvni amalga oshirish imkonini yaratdi».

Eslatib o‘tamiz, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 30 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilishga faqat u erkin agent sifatida aynan «bodringlar» safiga o‘tishi sharti bilan rozi bo‘lishgan.

«Madrid»ning «Betis»ga qarshi La Liganing 4-tur doirasidagi o‘zaro o‘yini 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!