Fran Garsiya Lamin Yamal haqida fikr bildirdi va «Oltin to'p» uchun Fabian Ruis nomzodini ilgari surdi.
Fran Garsiya:
Lamin Yamal dunyodagi eng yaxshilar qatorida. Eng yaxshisi? U eng yaxshilar qatorida. Agar men «Oltin to'p» sohibini tanlashim kerak bo'lsa, o'tkazgan yili uchun Fabian Ruisni tanlagan bo'lardim.
Fran Garsiya uch yildan ortiq vaqt o'tib Ispaniya terma jamoasiga qaytdi va bu muvaffaqiyatda "Real Betis"ning o'rni katta ekanini ta'kidladi.
Fran Garsiya uch yildan ortiq vaqt o'tib Ispaniya terma jamoasiga qaytganidan so'ng:
Bu har kungi mashaqqatli mehnatning mukofoti.
Bolanyos-de-Kalatravadan bo'lgan qanot himoyachisi Luis de la Fuente'ga ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi va "Real Betis"ning a'lo darajadagi formasi uning Ispaniya terma jamoasiga qaytishiga yordam berganini ta'kidladi.
Fran Garsiya «Real»ga qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Fran Garsiya o'zining IG sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:
Men uchun bu nafaqat sport nuqtai nazaridan («Real» bilan uchrashuvning muhimligini hisobga olgan holda), balki futbol menga tuhfa etgan jamoadoshlarim va do'stlarim bilan yana ko'rishganim uchun ham o'zgacha o'yin bo'ldi. Men «Real»ga joriy mavsumda omad tilayman.
Fran Garsiya Jud Bellingemning «Real Madrid»dagi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Fran Garsiya Bellingem haqida:
Mening nazarimda, bu uning «Madrid»dagi eng yaxshi mavsumi — hatto birinchisidan ham yaxshiroq.
Gap raqamlarda emas, ular birinchi yilda ham aql bovar qilmas darajada edi, gap shundaki, u o'yinga ko'proq ta'sir o'tkazmoqda va unda faolroq ishtirok etmoqda.
Junior Firpo «Betis»da Fran Garsiya bilan bo'ladigan raqobat hamda o'tgan mavsumdagi qiyinchiliklari haqida fikr bildirdi.
Junior Firpo «Betis»da chap qanot himoyachisi pozitsiyasi uchun Fran Garsiya bilan raqobat haqida gapirdi:
«Men unga vazifani osonlashtirmoqchi emasman, u ham menga osonlashtirmaydi.
Shaxsiy darajada bu mavsum men uchun eng yaxshisi bo'lmagani hech kimga sir emas. O'zim sevgan, hayotimning bir qismi bo'lgan klub bilan bu holat yanada og'riqliroq», — dedi futbolchi.
Real Betis himoyachisi Fran Garsiya uch yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya terma jamoasiga qaytgani haqida fikr bildirdi.
Fran Garsiya:
Barchamiz hozir bir kemadamiz va bir ishni bajaryapmiz.
Real Betis chap qanot himoyachisi uch yillik tanaffusdan so'ng Ispaniya terma jamoasi safida yana maydonga tushdi. U aynan jahon chempionlari bilan birga, o'z uyida, muxlislar qarshisida o'ynaganidan juda mamnun.
Fran Garsiya "Real Madrid"dagi orzusi, Mourinyu bilan bo'lmagan suhbat va "Betis"ga o'tish jarayoni haqida gapirib berdi.
Fran ( "Betis" himoyachisi): "Qachonki "Real Madrid" Kukurelyani sotib olganida, men u va Karreras mendan ko'ra yuqoriroq baholanishini tushundim, chunki ular uchun katta pul to'lashgan edi.
Men ketishimdan oldin Mourinyu bilan gaplashmaganman. Agentlarim soat kechki o'nda qo'ng'iroq qilib, ertasi kuni "Betis" bilan shartnoma imzolash uchun yo'lga chiqishimizni aytishdi. Men bunga tayyor emas edim: hatto yonimda qalqonlarim va butsalarim ham yo'q edi.
Har qanday holatda ham, men bolalikdagi orzuimni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldim — "Real Madrid" safida maydonga tushdim. Men doimo madridchi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman. "Madrid"da men ajoyib do'stlar orttirdim. O'ylaymanki, bu futboldagi eng go'zal narsalardan biri"
Fran Garsiya «Real Betis»ga o'tishi haqida gapirdi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, transfer juda tezkor amalga oshgan va u bunga tayyor bo'lmagan.
⚡️ Fran Garsiya:
Men «Real Betis»ga o'tishimdan oldin Joze Mourinyu bilan gaplashmaganman.
Agentlarim soat 22:00 da qo'ng'iroq qilib, ertaga Sevilyaga «Real Betis» bilan shartnoma imzolash uchun ketishimizni aytishdi. Hatto yonimda na qalqonlarim, na butslarim bor edi.
Truxilo Suares 2024/25-yilgi mavsumdan buyon «Real Madrid» ishtirokidagi 23 ta o'yinda VAR hakami sifatida ishladi. Uning qarorlari ko'plab bahslarga sabab bo'lmoqda.
2024/25-yilgi mavsumdan boshlab Truxilo Suares VAR hakami sifatida «Real Madrid»ning 23 ta o'yiniga tayinlangan.
Ushbu o'yinlar orasida final, 2 ta yarim final, 1 ta El-Klasiko, 2 ta Madrid derbisi, «Selta»ga qarshi bahs (unda «Real Madrid»ning ikki o'yinchisi qizil kartochka olgan) hamda «Jirona» bilan uchrashuv bor. «Jirona»ga qarshi o'yinda Mbappe tirsak zarbasidan so'ng jarohat olgan, ammo penalti belgilanmagan edi.
2024/25-yilgi mavsumda «Osasuna»ga qarshi o'yinda Jud Bellingem maydondan chetlatilgan, «Real Madrid» esa to'rtta penaltidan mahrum qilingan. Shuningdek, Fran Garsiyaning maydon tashqarisiga itarib yuborilishi holatida ham chetlatish kuzatilmagan.
Truxilo Suares muntazam ravishda «Real Madrid» o'yinlariga VAR hakami sifatida tayinlanishda davom etmoqda 🤡
Fran Garsiya «Real»ni to'g'ri yo'lga qaytarish uchun Mourinyu eng munosib nomzod ekanligini ta'kidladi.
Fran Garsiya:
Agar kiyim almashtirish xonasida tartib o'rnatish, muxlislar bilan munosabatlarni yaxshilash, natijalarga erishish va «Real»ni to'g'ri yo'lga qaytarishga kimdir qodir bo'lsa, bu — Mourinyu.
Fran Garsiya Kukurelya va Alvaro uchun to'langan katta mablag'lardan keyin o'z o'rnini yo'qotishi kutilgan narsa bo'lganini aytdi.
Kukuning «Real»ga o'tishi va mening o'rnimni egallashi kutilgan narsa edi. Alvaroga 50 million, Kukurelyaga 60 million sarflashgandi. Bu futbolchilar birinchi o'ringa chiqishini tushunardim.
Fran Garsiya «Betis»ga o'tishi va jamoaga kelish uchun qilgan harakatlari haqida gapirib berdi.
Fran Garsiya, «Doska Kintani»ga bergan intervyusida:
«Menga har doim mashg'ulot o'tkazish va o'z ustimda ishlash yoqadi. Bu yil muhim yil bo'lishini bilardim va eng yaxshi holatda kelishni istadim».
«Manu Faxardo doimo men bilan aloqada bo'ldi. Men o'z fikrimni aniq aytdim: agar «Betis» meni sotib olish uchun shunchalik harakat qilsa, men ham jamoaga kelish uchun qo'limdan kelganini qilaman».