Fran ( "Betis" himoyachisi): "Qachonki "Real Madrid" Kukurelyani sotib olganida, men u va Karreras mendan ko'ra yuqoriroq baholanishini tushundim, chunki ular uchun katta pul to'lashgan edi.
Men ketishimdan oldin Mourinyu bilan gaplashmaganman. Agentlarim soat kechki o'nda qo'ng'iroq qilib, ertasi kuni "Betis" bilan shartnoma imzolash uchun yo'lga chiqishimizni aytishdi. Men bunga tayyor emas edim: hatto yonimda qalqonlarim va butsalarim ham yo'q edi.
Har qanday holatda ham, men bolalikdagi orzuimni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldim — "Real Madrid" safida maydonga tushdim. Men doimo madridchi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman. "Madrid"da men ajoyib do'stlar orttirdim. O'ylaymanki, bu futboldagi eng go'zal narsalardan biri"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!